Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2019 yilgi Osiyo Kubogi bahslariga BAA mezbonlik qilishini rasman tasdiqladi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash joiz, Osiyo Kubogi-2019 mezbonligiga BAAdan tashqari Eron ham da’vogarlik qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, OFK avvalroq JCh-2018 2-saralash bosqichi hamda OK-2019 saralashiga qur’a tashlasha marosimi 14 aprel kuni o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Qur’a tashlash marosimi 14 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida mahalliy vaqt bilan soat 15:00da (Toshkent vaqti bilan 12:00da) boshlanadi. Qur’a jarayonida terma jamoalari ayni damdagi FIFA reytingidagi o‘rniga qarab savatlarga ajratiladi.