O‘zbekistonda innovasion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovasion loyihalarni foizsiz kreditlash tizimini joriy etish maqsadida “Innovasion faoliyat” to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 22 yanvardagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu vazifani ikki oy muddatda tashkil etish va amalga oshirishi lozim.