“Darakchi” nashrining Yangi yil sonida keltirilgan ko‘plab reytinglar bilan o‘quvchilarimizni tanishtirib bormoqdamiz. Quyida qo‘shiqlar va qo‘shiqchilarga bag‘ishlangan navbatdagi reyting natijalarini keltirib o‘tamiz. Unda turli nominatsiyalar bo‘yicha saralangan ijodkorlar va ularning ijod mahsullari o‘rin oldi. Eslatib o‘tamiz, barcha reytinglar Darakchi.uz saytida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asoslandi.
“Yilning eng xalqona konsert dasturi” deb Ozodbek Nazarbekovning konserti deb tan olindi. Kuchli uchlikka Alisher Fayzning “Dilga yaqin”, Ulug‘bek Rahmatullaevning “Yoshlik qaytmaydi” nomli konsert dasturlari kiritildi.
“Yilningengzo‘rkliplari” sifatida “Bojalar” guruhi va Shahzoda ijrosidagi “Maqtanchoq” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip e’tirof etildi. Undan keyingi natijalar Bahrom Nazarovning “Pari-pari”, Gulsanam Mamazoitovaning “Hushtak” kliplari tomonidan qayd qilindi.
Buning aksi bo‘lmish nominatsiyada (“Yilningengma’nisizkliplari”) birinchilikni Kaniza hech kimga bermadi: uning “Go‘zal” nomli qo‘shig‘i va videoklipi so‘rovnoma ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan eng ma’nisiz ijod mahsuli deb topildi. Keyin o‘rin “sohib”lari: yosh xonanda Zamirning “Sen, sen” hamda Manzuraning “Lazgi” deb nomlangan kompozisiyalariga ishlangan kliplar.
“Yilningengyaxshiqo‘shig‘i”: 1. Ozodbek Nazarbekov, “Aytib ber”; 2. Alisher Fayz, “Rashk qilasanmi?”; 3. Jasur Umirov, “Vay-vay”.
“Yilning eng mantiqsiz qo‘shig‘i”: 1. Munisa Rizayeva, “Sakramento”; 2. Ziyoda, “O‘yna”; 3. Nilufar, “Xurram”.
“Yilning eng ko‘p tanbeh olgan xonandasi”: 1. Lola Yo‘ldosheva; 2. Kaniza; 3. Masrur Usmonov.