Salom.admin 52 qismida yoshlar telekanalida seryal tugayotgan paitida televizorrnin pastgi tarapinda bir nimalarni yozuvdi okiyolmadim .Iltimos nima yozganini tushuntirsangiz .Rahmat
26.06.2015 - Voqealar rivoji Ishani uxlayotgan payt Ranvirga musht tushiradi. Meni o'ldirmoqchimiding deb Ranvirni bo'g'ib o'ldirmoqchi bo'ladi uni quvadi ranvir qochadi. Ishani mushukdek miyovlarlardi. Ranvir undan qochardi va Ishani yotgan divanga yiqiladi. Uning ustiga Ishani sakraydi va Ranvirni bo'ynidan bo'g'adi. Ranvir undan qochadi va chetroqqa chiqsa Ishani qotib qoladi (Ishani va Ranvir orasidagi masofa yaqin edi.). Keyin Ishani uyquga ketadi va Ranvirning bag'rida uni quchoqlab uxlab qoladi. Ranvirning belidan maxkam quchoqlab olardi. Ranvir esa hursand. Ranvir sochlarini silaydi. Keyin Ranvir uni o'z divaniga yotqizadi. Ranvir Undan ko'zini uza olmasdi. Belidan ishanining qo'lini asta olib qo'yadi va Ranvir turadi. Keyin ustiga ko'rpasini olib kelib ustiga yopadi. Navbat endi pareklar oilasiga... Ular xizmatkorlar xonasida yashashardi. Parul ularga ovqat olib keladi. Baqoloq hursand bo'ladi undan ovqatni oladi va oila a'zolariga berishadi. (Pareklar juda och edi) Keyin birdan Amba kelib qoladi. Pareklar ovqat yeyishyotgandi. Kampirga ko'zi tushadi. Unga buyruq berib chiqib ketadi. Ertalab tong otadi Pareklar uxlashyotgandi Amba kelib baland ovozda hammasini uyg'otadi. Ranvir uyqudan turgan bo'ladi, oyoq kiyimini kiyayotganida Ishani uyqudan turadi. Ishani hayron... Ranvir hammasini aytadi va uning yoniga boradi. Ishani o'rnidan tursa chetda turgan Suvga ko'zi tushadi. Ishani shok holatiga tushadi. Ishani u suvni uxlashidan oldin ichgandi o'sha voqea esiga tushadi. Ranvir kiyimini kiyayotib Ranvirning bo'ynini qarasa bo'saning izi qolgan ekan. Buni ko'rib Ishani shok holatiga tushib qoladi. Onasiga tel qiladi bir nimalarni so'raydi. Ishani esa uyalib turardi Ranvir esa unga jilmayardi. Ertalab Amba Hanza ben Kampirga sochini turmaklattiradi Amba esa unga baqirardi. Ambaga o'tmishi esiga tushib ketadi, o'tmishida Amba xizmatkor bo'lgan vaqtida Ambaning qo'lini urgani. Amba o'tmishini eslab jahli chiqib kampirning qo'lini telefoni bilan qattiq uradi. Kampir og'riqdan qichqirib yuboradi. Keyin kampir ketib qoladi. Ertab Ishani bilan Ranvirni oila davrasida kutib oladi. Amba Ranvirga duo qiladi. Ishani esa Parul bilan ketib qoladi. Keyin Ishanining oilasi xizmatkorlar yotoqxonasida yashayotganini bilib qoladi. Ishani u yerga boradi. Ranvir ular u yerda yashayotganini bilmasdi. Ranvir xizmatkorlar yotoqxonasiga borayotganida u yerdan Ishani chiqib qoladi va Ranvirga gapiradi. Ularni Falguni kuzatib turardi. Darrov Falguni borib qizini tinchlantirmoqchi bo'ladi. Ishani ketib qoladi. Falguni bilan Ranvir gaplashadi va onasining oldiga jahl bilan boradi unga gaplar aytadi va bitta xizmatkorni chaqirib oladi..