Maktab hayotidan olingan film – Mumbaydagi o‘rta maktabda ishlovchi ikkita o‘qituvchi Vidya va Jyotining hissiyotlari, axloqiy qadriyatlarni tarbiyalashga intilganligi, ta'lim berishga bo‘lgan muhabbati ularni o‘quvchilar bilan birlashtiradi. Maktabning yangi direktori etib tayinlangan Kamini Gupta xonim ma'muriyatning taqdirini o‘z qo‘liga oladi. U hiyla-nayrang ishlatib monopolizatsiya qiladi. Pulni tejash maqsadida, tajribali o‘qituvchilarni yangi kelganlar bilan almashtirishga qaror qiladi. Voqealar rivoji va kutilmagan yechimni “O‘qituvchi” filmida tomosha qiling.