So'ngi paytlar ko'zlaringda ne uchun?
O'zimni ko'ra olmadim.
Negadir so'ngi payt orzularingda,
Men o'zimni ko'rmadim.
Nahotki shodligimiz umrin tugatib,
Sevgimiz sarson aylading.
Shuncha yillar qurgan sevgj qasrini,
Bir zumda vayron aylading.
Mayli mendan ket, bo'ldi bir xato.
Yolg'izlikdan men, toparman davo.
Balki hammasi, bo'lar edi o'zgacha.
Seni tanloving, bo'lganida boshqacha.
Bo'lganida boshqacha.
O'tsa kunlar, yana o'tsaham yillar,
Men seni unutaolmadim.
Sababsiz ayrilib yongan ko'ngillar,
Dardiga chidayolmadim.
Tunlari yonma-yon yongan yulduzimiz,
Negadur yolg'iz bugun.
Baxtli parvoz etgan osmon qo'ynidan,
Uzulib ketdimi butkul.
Mayli mendan ket, bo'ldi bir xato.
Yolg'izlikdan men, toparman davo.
Balki hammasi, bo'lar edi o'zgacha.
Seni tanloving, bo'lganida boshqacha.
Bo'lganida boshqacha.
Media NuR
|