Esingdami tog lolasini
Kökragingga taqib qöyganim.
Esingdami dil navosini
Kuylab turib boqib qöyganim
Esingdami buloq boshida
Köylagingga suv sachratib men
Kulib qochganingda öshanda
Quvlab kokilingdan tutgandim
Kechir mani og'irtgan bölsam
Qora soching ushlab yuragim
Shöxlik qilib tortibman bilsam
Nozikkina oppoq bilaging
Faqat yorim sendan iltimos
Gul sayliga boraylik yana
Yillar ortga qaytsin kel biroz
Öynashaylik yor oshiqona
Lolazorda birga qolaylik
Ne istasang murodingga yet
|