Yillar o'tib ketibdi oradan qara
Sen kelmading bormadim manam
Kuzlar o'tdi o'ylab ko'zlaring
Bahorda taralardi xidlaring
Sen kelmading men ham qara
Xafamisan mendan men ham xafa
Sen meni unutib yubording desam
O'sha yillar qattiq urushib ketdik u bilan
Eshikni qattiq yopib ketdi ko'zda yosh bilan
O'sha-o'sha yozmadi birorta xat ham
Yozmadim men ham ...
Qilmadi qo'ng'iroq men ham qilmadim
Kutdim qiynaldim malham izladim
Meni unutib yuborgan deb o'ylab
Men ham unutishga harakat qilardim
U meni unutib ketdi oson
Men esa unutolmasdan sarson
Yarim yilgacha qanchalar qiynaldim
Bir yil bo'lganda ozgina ranglandim
Kirib boshladi rang hayotimga
Sen haqingdagi hayollar qo'ydi holimga
Ozgina faqat yurak yengil tortardi
Agar bo'lmaganida oq-qora sur`at
Yillar o'tib ketibdi oradan qara
Sen kelmading bormadim manam
Kuzlar o'tdi o'ylab ko'zlaring
Bahorda taralardi xidlaring
Sen kelmading men ham qara
Xafamisan mendan men ham xafa
Sen meni unutib yubording desam
Kunlarning birida yo'qladi do'stim
Dedi bor bir narsa sanga do'stim
San bilmasang bo'lmaydi u haqida
Bu sani tuyg'ularing haqida deb
Berdi qo'limga sur`at
Sur'atga qarab qoldim muzlab
Oq libosdagi qiz mani yorim
Yonidagi kim bilmadim
Kiyinib shoshilib yugurdim qizni qizlik uyiga
Oq-qora ko'rinib boshladi hayot ko'zlarimga
Yuragimga qattiq botdi ko'rgan sur`atim
Ilojsiz uyiga bordim ...
Chiqdi singlisi ko'rib mani bo'ldi hayron
Birinchi savoli qayda ediz shuncha on
Opam sizni shuncha qon yutib kutdi
Ko'zlarida yosh yig'lab kutdi
Ovotolmasdi na otam na onam
Mani tinglamasdilar opam
MAnga qarab qaytib kelarmikin derdilar
Kuta-kuta oxir otam erga berdilar
Har bir meni o'ylab o'tgan tuningni
Har tomchi ko'zingdan oqqan yoshingni
So'ngi lahzagacha meni kutganingni bilib
Afsuslar chekaman
Har bir meni o'ylab o'tgan tuningni
Har tomchi ko'zingdan oqqan yoshingni
So'ngi lahzagacha meni sevganingni bilib
Alam ezardi
Yillar o'tib ketibdi oradan qara
Sen kelmading bormadim manam
Kuzlar o'tdi o'ylab ko'zlaring
Bahorda taralardi xidlaring
|