Yuragim nolalari, mani qo'yvor deb baqiradi,
Kirib olib yuragimga, Layli azob beraveradi.
Bilmam qachon ketar ekan, baxtim ozod etar ekan,
Ko'nglimda qulf qafas, ochirib ketar ekan.
Go'zalim mayli mayli mayli,
Faqat meni unut Layli Layli,
Qiynayverma meni unut mayli,
Shuncha qiynaganing balkim yetadi.
Mayli, daydi daydi,
O'lib bo'ldim netay daydi daydi,
Bugun hammasi bitti, ket mayli,
Qalbimda, qop-qora dog',
Balkim bu sen, balkim siyoh,
Qattiq botar ne bo'lsaham,
Belimda yukmas, go'yo tog'.
Sevib sani, qildim xato,
Hayotimni etib a'to,
Shuncha asrab berib mehr,
So'ng yo'qotib, bo'ldim ado.
Esingdami sani ilk bor ko'rganimda ko'chada,
Boshqacha eding o'qishdan qaytayotganingda uyga,
Oppoq qor edi ko'chalar kechadigek esimda,
Yuragimni yulib bergan edim, o'sha kuni senga.
Baxtli kunlar juda tez o'tib ketti u bilan,
U ketdiyu orqasidan,keldi qora tuman,
Axir aytmaganding baxtli kunlar evaziga,
Hayoling o'g'irlab ketaman deb bir umrga.
San mandan ketgansan, yarimim mani qismim,
Bu sen emassan, sendan qolgan jism,
Sani yo'qotganimga ancha bo'lgan bo'lsaham,
Tirnoqlaring izlari, chandiq qildi yuragim.
Bu holingdan hech narsa qolmabdi bugungacha,
Ibo hayoni ishon sotib ololmaysan pulga,
Lablaringni kimdir kulib o'pib ketdi,
Bu yerda kimdurlar yonib kuyib ketdi.
Go'zalim mayli mayli mayli,
Faqat meni unut Layli Layli,
Qiynayverma meni unut mayli,
Shuncha qiynaganing balkim yetadi.
Mayli, daydi daydi,
O'lib bo'ldim netay daydi daydi,
Bugun hammasi bitti, ket mayli,
Mefia NuR