Zohirshoh Jo‘raev avvalgi mavqeini tiklay olarmikan?
14 yanvar kuni xonandaning yangi "Mama" nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raevning kenja o‘g‘li Zohirshoh Jo‘raev ancha vaqtdan buyon san’at olamida ko‘rinish bermay qo‘ydi. Ustoz san’atkorning o‘g‘li sifatida tilga tushgan xonanda bir necha qo‘shiqlari bilan muxlislar orttirishgan ulgurgan edi.
Joriy yilning 14 yanvar kuni Toshkentdagi Sarbon restoranida xonandaning yangi “Mama” nomli rus tilidagi qo‘shig‘iga ishlangan videoklipining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi.
Ancha yillik tanaffusdan so‘ng yana ijodga qaytgan Zohirshoh Jo‘raev bugungi raqobat maydonida avvalgi mavqeini yana tiklay olarmikan?