Ziyoda va Shahriyor “Temur” filmi uchun saundtrek kuyladi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda, iste’dodli xonanda Shahriyor bilan rejissyor Nodir Mo‘minovning yaqin kunlarda katta ekranlarga chiqishi kutilayotgan “Temur” filmi uchun saundtrek kuylashdi. Ushbu duet tarona yurtimizning yetakchi radioto‘lqinlari orqali namoyish qilindi. “Vatan” deb nomlangan mazkur musiqiy asar Gulbahor Mo‘minova so‘zi va Renat Sobirov musiqasi bilan yaratilgan. Eslatib o‘tamiz, kartinada bosh rollarni Nurmuhammad Husniddinov, Mirza Azizov, Elyor Mahkamov ijro etgan. Shuningdek, Rustam Sa’dullaev, Bexzod Muxammadkarimov, Furkat Fayziev, Rixsi Ibroximova, Ra’no Zokirova, Boris G‘ofurov, Ma’ruf Otajonov, Raxim G‘ofurov, Shoxrux Hamdamov va boshqa aktyor hamda aktrisalar jamlangan. O‘zbek aktyorlaridan tashqari, qo‘shni mamlakatda faoliyat olib boraligan taniqli kinoijodkorlar ham taklif etilgan.