Aktrisa Zarina Nizomiddinova o‘g‘lining kelajakdagi qaysi kasb egasi bo‘lishini istashi haqidagi savolga javob berdi.
“O‘g‘lim san’at emas, balki boshqa sohada faoliyat yuritishini istayman. U jahon sport sahnalarini zabt etadigan yoki jiddiyroq sohada ishlashini istayman. San’atga qiziqishiga kelsak, o‘g‘lim Temurxonning iqtidori menikidan ham yaxshiroq, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Uni atay kinoga olib kirmayapman, qiziqishi ortib ketmasin deyman”,—deydi Zarina “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida.