Aktrisa Zarina Nizomiddinova shaxsiy hayoti va ijodiga oid ko‘plab savollarga “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida javob berdi.
“Ko‘z tegmasin, o‘g‘lim aqlli, tilla bola. U ota-onamning tarbiyasini oldi. Yaqinlarim o‘g‘limni erkalatishadi, aytganini qilishadi. Lekin men ona sifatida qattiqqo‘lman. O‘g‘lim ukali bo‘lishni xohlayapti. Aka-opalarimning bolalari kelishganida ular bilan maza qilib o‘ynaydi-da, ketganlaridan keyin xomush bo‘lib qoladi”,—deydi aktrisa o‘g‘li haqida gapirar ekan.