O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova shu kunlarda ham xalq xizmati, ham gastrol safarlari bilan band. Shunga qaramay yangilik yaratishdan, yangi qo‘shiqlar yozishdan to‘xtagani yo‘q. Yulduz Usmonovaning bergan ma’lumotlariga qaraganda, ular ayni damda juda chiroyli tarona ustida ishlamoqda. To‘g‘rirog‘i qo‘shiq ustidagi ijodiy ishlar oxirlab qoldi. “Yig‘laydi yig‘laydi qadr yig‘laydi” misralari bitilgan qo‘shiq tinglovchilarni e’tiborsiz qoldirmasligi tayin. Eslatib o‘tamiz, Yulduz Usmonova mart oyida “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida yangi jonli ijrodagi dasturini taqdim qiladi. Konsert 10-martdan 25-martgacha davom etadi.