Yulduz Usmonova Seulda vatandoshlarimiz uchun konsert beradi!
Yulduz Usmonovaning "Osiyo Grand” to‘yxonasida kaltaklangani
haqidagi shov-shuv hali tinchib ulgurgani yo‘q. Faqat olg‘a qadam bosishni xush
ko‘radigan xonanda esa ijodini davom ettirmoqda. Aslida yuqoridagi kabi shov-shuvlar
Yulduzning hayotida yangilik emas. Goh, uni Bonu bilan bog‘liq mojarolarga bog‘lashadi,
goh shaxsiy hayotida ko‘p erlaridan yolchimagani va boshqalar...Primadonna yukini
ko‘tarish ham oson emas! Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Seul shahrida 4-may kuni
bo‘lib o‘tajak konsertiga hozirlik ko‘rayotgan Yulduz yangi qo‘shig‘i katta qiziqishga
sabab bo‘lishidan umidvor. Xabaringiz bor, xonanda bir necha kunlar ilgari "Ota
faryodi” qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etgandi. Viloyatlardan birida ko‘prik muammosi
sabab, soyga oqib ketgan bolakay ruhiga bag‘ishlab, ta’sirli qo‘shiq
kuyladi. Shu mavzuga o‘xshash yana bir og‘riqli voqea Yulduzni o‘ylantirib
qo‘ydi. Janubiy Koreyada yaqinda cho‘kib ketgan kema yuzlab yoshlar, o‘smirlar hayotiga
zomin bo‘ldi. Yangi qo‘shiq aynan shu mudhish voqea haqida. Qo‘shiq koreys tilida
yangrasa, Yulduz koreyaliklar muhabbatini qozonsa ham ajabmas. Ma’lumotlarga qaraganda,
Obid Asamov ham ishtirok etajak Yulduzning Seuldagi ilk konserti anshlag o‘tishi
taxmin qilinmoqda.