Anchadan buyon Yulduz Usmonova endi Imona Karimovaga qanday javob qilarkin, deb kutib yurgan muxlislarga ajoyib yangilik! Primadonna o‘z instagram sahifasidan Gulnora Karimovani o‘g‘riga chiqargan videosini olib tashladi. Bu o‘ziga xos chekinish yoki taslim bo‘lish strategiyasi demakdir.
Bu ishni qilishga uni nima majbur qildi? Imona Karimovaning haqiqatlarimi yoki xalqning g‘azabi? Yo bo‘lmasam, yuqori turuvchi tashkilotlardan yaxshigina tanbeh eshitdimi? Nima bo‘lgan taqdirda ham insof bergani rost bo‘lsin!
Keyingi safar mana shunday o‘ziga ochko olish bahonasida fikr bildirishdan avval bugun boshiga yog‘ilgan toshlar esiga tushar…