Yulduz Rajabova va Zarina Nizomiddinova o‘rtasidan “qora mushuk” o‘tdi!?
O‘zbek kinosining eng mashhur va reytingi baland ikki aktrisasi — Zarina Nizomiddinova Yulduz Rajabova urishib qolgani va so‘nggi ikki-uch yil umuman gaplashmasligi haqida mish-mish tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular turli tadbirlarda ham bir-biri bilan salomlashmay o‘tib ketishayotgan ekan. Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida ular bilan bog‘landik.
Yulduz Rajabova: — Bu — yolg‘on. Zarina bilan munosabatlarimiz yaxshi, sira «sen-men»ga bormaganmiz. Bu gaplarni dushmanlarimiz o‘ylab topgani aniq.