Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Yolg‘onni fosh qiluvchi 4 belgi


AQShning Texas universiteti psixologlari yolg‘on so‘zlayotgan odamni 54 foiz holatlarda payqash mumkin, degan fikrni olg‘a surishmoqda. Agar olimlarning bu fikrlari haqiqat bo‘lsa, tasavvur qilib ko‘ring-a, yolg‘onchini darhol sezib, uning so‘zlariga chuv tushmaysiz, aldanmaysiz...
Buni qanday bilish mumkin, dersiz? Yolg‘onchini fosh qilish uchun uni diqqat bilan kuzatishingiz va quyidagi fosh qiluvchi “signallar”ni payqashingiz kerak bo‘ladi.

Soxta tabassum

Insonning haqiqiy tabassumida nafaqat lablar, balki ko‘zlar ham harakatga keladi. Soxta tabassumda esa bu xususiyatni payqash qiyin: labning bir burchagigina zo‘rg‘a ko‘tarilib, xuddi nimadandir shubhalangandek ko‘rinadi. Yolg‘onchi o‘zini quvonganday qilib ko‘rsatish uchun noto‘g‘ri vaqtni tanlaydi va bu soxta tabassumini ko‘p vaqt “ushlab turoladi”.

Tana “tili” va so‘zlar o‘rtasida tafovut paydo bo‘lishi

Jest va ovoz balandligi nutq mazmuniga mos kelmaydi, deydi Kaliforniya universitetining professori Pol Ekman. “Masalan, bir kishi pul olgani haqida sizga gapiryapti. Buni aytib turib, o‘zi anglamagan holatda boshini chayqaydi va bu orqali u o‘z so‘zini inkor qilyapti. To‘g‘ri, bunga ishonish qiyin, ammo bu kabi holatlar hayotimizda tez-tez sodir bo‘ladi”, – deydi professorning o‘zi.

Olimning fikriga ko‘ra, insondagi mavjud stress yolg‘on gapirishga majbur qiladi va insonning tez, baland va vaqti-vaqti bilan yo‘talib qo‘yishiga sabab bo‘ladi. Bunday inson og‘ziga ko‘p teginadi. Eng asosiysi, “rost” so‘zlayotgan inson eng oddiy harakatlari haqida ham ko‘p mayda detallarni aytib qo‘yadi. Mayda-chuydalarga boy “hikoya” esa suhbatdoshingizning yolg‘on so‘zlayotganligiga ishora qilishi mumkin.

Yolg‘onni fosh qilish uchun unga “ochiq” savollar bering. Ammo bunda savollaringiz “ha” yoki “yo‘q” kabi qisqa javobni talab qilmaydigan bo‘lsin. Bu yolg‘onchini yana-da ko‘proq gapirishga va o‘zini gap orasida fosh qilib qo‘yishiga yordam beradi.

Nutqdagi chalkashlik

Suhbatdoshingizning sizga aytib berganlarini yana qaytadan so‘rab bilishga harakat qiling. Biroq bunda voqeaning eng oxirida aytilganlarni emas, biroz avvalroq so‘zlangan ma’lumotlarini qayta aytishini so‘rang. Psixologlarning aytishicha, orqadan oldinga ya’ni oxiridan boshiga qaytib aytilgan voqeaning butunligini saqlash qiyin. Yolg‘onchi o‘zi gapirgan voqeasida o‘zi chalkashib qoladi, detallarni almashtirib yuboradi.
Buning uchun gapni suhbatdoshingiz bilan neytral va o‘zinikiga yaqin bir mavzudan boshlang. Ana undan keyin yana uning gapiga qayting. Shu orada ovoz balandligi, nutq tezligi va jestlarida farqni sezasiz.

Iltifotlaning haddan ziyod ko‘pligi

Dunyoda iltifotli va chiroyli so‘zlaydigan insonlar yetarlicha. Sizda yaxshi tasavvur paydo qilish uchun iltifotli so‘zlar bilan “ko‘mib” tashlayotgan insondan biroz ehtiyot bo‘lishingizni tavsiya qilamiz.
Sizning har bir so‘zingizni maqullaydigan va har bir hazillaringiz ustidan kuladigan, siz haqingizda ko‘p gapiradigan inson yo sizni sevib qolgan yoki o‘z soxtaligini shu yo‘l bilan yashirmoqchi.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4074 | Рейтинг: 0| Рейтинг: fosh qiluvchi, Yolg‘on, 4 belgi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное