Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Pazanda - Im Loving You
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Qaqnus - Mal De music
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Yolg‘onni bildirib qo‘yadigan 7 ta belgi


Ko‘pchilik Jeyms Bond buyumlari haqida orzu qiladi: soatlar, o‘rnatilgan lazerga ega ko‘zoynaklar. Albatta filmlardagi 007 josusiga aylanishimiz dargumon, biroq ularga xos bo‘lgan usullarni hayotda qo‘llashimiz mumkin. Masalan, yolg‘onni aniqlash uchun.

Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq josusi Jeyson Xanson (Jason Hanson) o‘zining “O‘zingni maxsus xizmat uslubida himoya qil” kitobida kundalik hayotda josuslikning usullaridan foydalanish mumkinligi haqida yozadi. Masalan, yolg‘onni aniqlashni o‘rganish. Bu instrumentlar sizga haqiqatni aniqlash, yolg‘onchi, o‘g‘ri va ikkiyuzlamachilarning asl basharasini ochishda yordam beradi.

Yolg‘onchini topishdan oldin ushbu odam sokinlik holatida o‘zini qanday tutishini aniqlashingiz, keyin esa quyida keltirilgan usullardan foydalanishingiz mumkin.

1. Aniq bo‘lmagan javob

Yolg‘onning birinchi belgisi – savolga to‘g‘ri javob berishdan qochish. Masalan siz: “Ofisdan kompyuterni sen o‘g‘irladingmi?” – deb so‘raysiz va “Tushunmadim, sen mendan qanday qilib shubhalanishing mumkin?” degan javobni eshitasiz. Yolg‘onchi yana dunyodagi eng toza ko‘ngil inson ekani, universitetda starosta bo‘lgani va uchastka noziri uning do‘stiligini aytadi.

Rostgo‘y odam unga ishonishingiz uchun barcha sabablarni sanab o‘tirmaydi. Savolga javob beradi-qo‘yadi.

2. Din

Yolg‘on ustida qo‘lga tushgan odam din yordamida o‘zini oqlashga harakat qilishi mumkin. Masalan, agar o‘g‘ri “Qanday qilib buni men o‘g‘irladim degan fikrga keldingiz! Axir men mormonman-ku! Ular qo‘llarini o‘g‘rilik bilan kir qilishmaydi!” desa, ro‘parangizda ikki standartli mormon turgani ehtimoli katta.

3. Oyoqlar

Ko‘pchilik yolg‘onchini yuzidan aniqlab olish eng oson usul deb o‘ylaydi. Biroq odamning oyog‘i ko‘proq ma’lumot berishi mumkin. Sizda ham shunday holatlar yuz bergan bo‘lsa kerak. Bir kishi bilan yonma-yon o‘tirib, unga savol beryapsiz. Javob sifatida u oyog‘ini qimirlatishni boshlaydi. Bu uning yolg‘on gapirayotganini anglatish ehtimoli katta.

Biroq ba’zi odamlar suhbat vaqtida har doim oyoqlarini qimirlatishi haqida unutmang.

Oyoqlar bizni juda ko‘p hollarda “sotib qo‘yadi”. Poshna qaysi tomonga yo‘naltirilganiga qarab, odam qaerga ketishni istayotganini bilish mumkin. Agar biror kishi siz bilan suhbatlashayotganida oyoqlari eshik tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, ehtimol u uyga ketishni istamoqda.

Bojxona xodimlarini ham oyoqlarni kuzatishga o‘rgatishadi. Agar suhbat davomida oyoqlar bojxona xodimi tomonga qarab yo‘nalgan bo‘lsa, yashiradigan narsaning o‘zi yo‘q. Oyoqlar chiqish tomonga qarab yo‘nalgan bo‘lsa, bojxona xodimi ish toza emasligidan shubhalanishi mumkin.

4. Harakatsizlik

Jeyson o‘z kitobida yolg‘onchilar o‘zini toshbaqa kabi tutib, boshini toshi ostiga kirgizib, harakatlanmasligi haqida ham yozadi.

5. O‘ta samimiy nigoh

Ko‘pchilik agar odam ko‘zini polga qadasa, aldayotgan bo‘ladi deb o‘ylashadi. Bunday emas. Odamda pastga qarash uchun o‘nlab sabablar bo‘lishi mumkin. Masalan, uyalish.

Tasavvur qiling: boshlig‘ingizni sizni chaqirib, hisobotlar qaerga yo‘qolgani to‘g‘risida so‘rayapti. Siz ular qaerda ekanini bilmaysiz. Ko‘zingizni yerga qadaysiz. Holatning o‘zi shunaqa, bu siz uchun normal reaksiya. Ayniqsa sizni qo‘l ostingizdagi xodim emas, boshliq so‘roqqa tutayotgani hisobga olinsa.

Yolg‘onchini aksincha o‘ta samimiy nigoh “sotib qo‘yishi” mumkin. Agar odam ko‘zingizga o‘ta samimiy tikilsa, bu uning aldayotganini bildirishi mumkin.

6. Giperreaksiya

Yolg‘onchilarning ko‘pchiligini yolg‘onda ayblanganda kuchli hayajon bilan javob qilishadi. Giperreaksiyaning maqsadi shubhangiz uchun sizda aybdorlik hissini uyg‘otishga majbur qilishdan iborat.

7. Jinoyat va jazo

Mana bunday voqea yuz bergan. Restoran kassasidan 50 ming rubl o‘g‘irlangan. Kim o‘g‘irlaganini aniqlash uchun xodimlarga anketa berilgan. Unda “Bu odam qanday jazoga loyiq?” degan savol bor edi. Xodimlarning bari “Ishdan bo‘shatish” kabi javoblar yozishgan. Javoblarning faqat bittasi mana bunday bo‘lgan: “Odamlar ba’zida xato qiladi. Bunday holat boshqa takrorlanmasligi uchun o‘sha odamga qattiq ogohlantirish berish lozim”. Odatda aybdor kishilar jazo yengilroq bo‘lishi lozim, deb hisoblaydilar.

Yodingizda bo‘lsin, bu usullarning bari yolg‘onchini aniqlash bo‘yicha yuz foizlik kafolat bermaydi.

“O‘zingni maxsus xizmat usulida himoya qil” kitobi materiallari asosida



Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 12368 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bildirib qo‘yadigan, 7 ta, Yolg‘on, belgi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное