Boshqirdistonning Ufa shahridagi do‘konlardan birida, 20 dekabr kuni 23 yoshli ayolning, pichoq bilan jarohatlar yetkazilgan jasadi aniqlangan. Huquqni muhofaza qilish organlari, bu ayolning o‘limida 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosini gumonlamoqda.
Tergov taxminlariga ko‘ra, 26 yoshli yigit rashk tufayli, o‘zi birga yashab yuradigan ayolga 17 marta pichoq sanchib, o‘ldirgan. Shundan keyin, yigit o‘zining ko‘ksiga pichoq sanchgan. Yigit kasalxonaga yotqizilgan, ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.
Hozir, bo‘lib o‘tgan hodisaning barcha tafsilotlari oydinlashtirilmoqda. Tergov ishlar davom etmoqda.