Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Yaponiya yangi avlod superkompyuterini yaratadi

Riken Yapon davlat tadqiqot instituti yangi avlod superkompyuterini yaratish ustida ish olib bormoqchi. Loyihaga 140 milliard yen (1,37 milliard dollarga yaqin) miqdorida mablag‘ ajratilib, u 2020-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan, deb yozadi"ITAR-TASS”.

Aytish kerakki, Riken instituti tomonidan avval yaratilgan "Key” superkompyuteri tezkorligiga ko‘ra dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Yangi yaratiladigan qurilma esa undan 100 baravar qudratli bo‘lishi xabar qilinmoqda. Yapon olimlari "Key”dan ham foydalanishda davom etishadi; kompyuter texnikasining yangi mo‘jizasi ham avvalgisining yonida – Kobe shahri yonidagi Port-Ayland sun’iy orolida joylashtiriladi.

Loyiha ustida asosan Riken instituti olimlari ishlashadi, lekin chetdan mutaxassislar va investorlar ham jalb etilishi mumkin. Yangi superkompyuter bir soniyada bir kvintillion (10 ning 18-darajasi) amalni bajara oladigan bo‘ladi. Bu esa shu borada yetakchi bo‘lgan, Xitoy armiyasi Mudofaa fan va texnikasi universiteti tomonidan yaratilgan "Tyanxe-2” tezligidan ham yuqori ko‘rsatkichdir.

Yapon mutaxassislari yaratilajak superkompyuter tabiiy ofatlar jarayonlarini modellashtirishda va avtomobil sanoatida qo‘l kelishiga umid qilishmoqda.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3094 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Masterc94 A endi ula yaponde ulada choyxona Dgan narsala y6.
Like | 0
Султанбек_91 Японлар ислейди. Узбекистанди билмедим
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное