Yangi yilda kimga qanday sovg‘a berishni bilasizmi?
Yangi yil oqshomida barchamiz qandaydir mo‘‘jizani kutamiz. Bu uzoq kutilgan orzularimiz ushalishi yoki shunchaki yoqimli sovg‘a bo‘lishi ham mumkin. Yaєinlaringizga mo‘‘jiza ulashishni istaysizmi? Unda sovg‘a tanlash borasidagi maslahatlarimiz ishingizni anchayin yengillashtiradi, degan umiddamiz.
1. Ota-onalarimizga. To‘ydagi suratlari qayerda saqlanishini bilasizmi? Sekingina suratlardan birini oling-da, kattalashtirilgan ko‘rinishda qayta ishlating. So‘ng chiroyli ramkaga joylab, sovg‘a qilishingiz mumkin. Bu ularga yorqin xotiralarni eslatadi.
2. Buvijon va buvajonlarga esa kundalik ehtiyojlariga yaraydigan sovg‘alar yoqadi, masalan, yumshoq jun ro‘mol, uy ichida kiyiladigan qulay oyoq kiyimlar, devor soatlari.
3. Ayolingizga. Unutmang, ayol kishi ham yosh boladek Yangi yilda sovg‘alar kutadi. Faqat zinhor uy-ro‘zg‘or buyumlari sovg‘a qila ko‘rmang. Yaxshi atir, did bilan tanlangan taqinchoq ularni chin dildan xursand qiloladi.
4. Eringizga. Agar turmush o‘rtog‘ingizning asosiy vaqti kompyuter oldida o‘tsa, unga yangi klaviatura yoki simsiz ishlovchi yangi sichqoncha sovg‘a qiling. Avtoulov egasiga mashinasini bezab turadigan biror aksessuar tanlang.
5. Bolangizga qog‘oz qalam bering-da, Qorboboga xat yozishni taklif qiling. Bolaning murg‘ak ko‘ngli qorboboga juda ishonadi va unga butun xohishlarini to‘kib soladi. Siz eca bu xatni olingda do‘konga boring va dilbandingiz orzularini amalga oshiring.
6. Dugonangiz mohir pazandami, unda unga yangi rusumdagi qoliplar yoki pazandalik kitoblaridan sovg‘a qiling. Shuningdek, go‘zallik vositalaridan istaganingizni tanlashingiz ham mumkin.
7. Qolgan barcha yaqinlaringizga qo‘lda yasalgan sovg‘alardan yoki sharoitingizga qarab har xil buyumlar hadya eting. Agar sovg‘a olishga ulgurmay qolsangiz yoki ayni damda moddiy tarafdan salgina qiyinroq vaziyat bo‘lsa, siqilmang, asosiysi Yangi yil kayfiyatini ulashish! Ko‘p kuling, bayramdan zavqlaning.