Yog'ardi tinmayin oppoq qor.... Yana go'zal muhabbat haqida.
Yarim tun, ko'chalar sokin, hamma yoq zulmat. Qizning dilida g'ulg'ula, huddi kelganday kulfat. Qiz uyqusiz halovatini yo'qotdi, ko'ada qor, lablari titrab sovqotdi. Yolg'izlikdan bezib dili azobda qolib, o'tgan kunni eslar hayol olib........ Eslaydi uchrashgandi ilk bor yoqqanida oppoq qor, Yigit va qiz edilar naqadar ham baxtiyor. Ko'zlar ko'zlarga sevgi ila boqar. Yurak ham sevgidan gulchambar toqar. Ularni uchrashtirgan qish fasli yoqar. Shu tarzda yillar ham soylarday oqar. Har tongda yigit qizga qo'ng'iroq qiladi. Yigitning pok sevgisini qiz yaxwi biladi. Kunlar, oylar o'tdi sekin sekin. Vaqt o'tib yigit o'zgarib qoldi lekin. Har kunggi qo'ng'iroqlar endi yo'q. Qizning holati tuwkun yuragida cho'g'. Bunday o'zgarishni tushunmagan qiz hayron. Sevganining befarqligidan dili vayron. Qizning yozgan xabarlari bejavob qoldi. Bu holatlar yuragiga g'ulg'ula soldi. Qiz chidolmadi, toqati tog' bo'ldi, Yigitga bo'lgan ishonchi bora bora so'ldi. Sabri to'lib qiz yigitga qo'g'iroq qil 2)Lekin "chaqirilayotgan telefon o'chirilgan" degan ovoz keladi. Befarqlikdan ho'rlanganday his qiladi o'zini. Hafsalasi yo'qolib, yana ichga yutadi so'zini. Ko'ziga dunyolar endi tor, chunki sevgisi bo'lganday hor, lekin baribir u sevganiga zor. Lekin yo'l qo'ymayaptida or. Bu firoq unga qiladi alam, alam qilib qo'liga oladi qalam. Yigitga so'nggi so'zini aytish uchun yozadi xat, chunki sabri bitib tugaydi toqat. U Yolg'iz shu sevgisini derdi faqat, sevgisi esa unga qilmadiku sadoqat. 3) Shu hayollar bilan so'nggi satrlarda to'xtab qoladi, Yuragi negadir sanchib, yana o'yga toladi. "Meni unut, seni sevmayman" deya jaxlda so'zini tugatadi. Yuragi to'lib, so'zini tugatib ko'z yoshidan nuqta qo'yadi. Xatni yigitning manziliga yuboradi, o'zi esa barini unutish uchun uzoqlarga yo'l oladi. Hatto yigitning javob xatini ham kutmaydi.... Oylar o'tadi, ammo qiz sevgilisini unutmaydi. Qizni dilini sog'inch qiynaydi, Yuragini alam tirnaydi. So'ng nega yigitdan o'zgarish sababin so'ramaganidan afsuslanadi, Bedor tunlar kungga, kunlar oyga ulanadi.
Qiz sevgilisisiz yasholmasligini tushunib yetadi. Sevgilisini ko'rmoqlik uchun ortiga qaytib ketadi. Ko'chada qor, sevimli qish fasli. Sevgisini uchratgan shu fasl asli. Ko'z yoshlarini artib uyiga kiradi. So'ng u ketgan kun javob xati kelganini biladi. Xotiralar qo'zib hayol olib qochadi. Qo'llari titrab xatni sekin ochadi. Qiz so'nggi xatni yuborgan kun kelgandi bu xat. Qiz bu javob kelganini bilmagandi faqat. 4)Lablar titrab, ko'z yoshlari jim qotdi. Xatda shunday yozilgandi: "Sevgilim seni tashlab ketdim kechir meni, Ammo hamon hayolimdasan unutmadim seni. Mayli sevmagin, meni kutma. Faqat jonim sof sevgimiz unutma. Esingdami uchrashgandik yoqqanida oppoq qor. Endi esa sani tark etishimga sabab bor. Tabibning so'zlari aqlimni oldi. Umrimning so'nggi kunlari qoldi. Balki bu tun so'nggi tunlarimdir.. Senla o'tgan kun eng baxtli kunimlarimdir. Bugun oldim yozgan xatingni. Yolg'onmi unutdingmi muhabbatingni. Mayli sevmagin, faqat sandan bir iltimos. So'nggi kunimda yonimda bo'l biroz. Agar kelmasang mani ortiq eslama, qabrim uzra ko'z yosh to'kib yig'lama. Bugun sandan kelmasa bir nido. So'nggi kun bu hayr jonim alvido. Iltimosim, yoqqanida oppoq qor, pok sevgimiz esga olgin bir bor!" ........ Qizning ko'zlari bir nuqtada qotadi, xatni o'qib u aqlini yo'qotadi. Qiz qasd qiladi o'z joniga, oppoq qor belanadi qizning qoniga. To'xtamasdan yog'ayapdi oppoq qor, Yigit va qiz yana birga, baxtiyor !!!
Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat! Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!