Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Im Loving You
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Efir Sirlari - Piano Version
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. TisMarHan-soundtreck
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Xudbinga Aylanmasdan O‘zingizni Sevishni o‘rganing

Ayol kishi o‘zini sevishi va qadrlashi lozimligini uqtirmagan odam qolmagan bo‘lsa kerak. Ammo ayol o‘zini sevishni boshlasa, yaqinlari, do‘stlari uni xudbinliklikda ayblay boshlashadi. “Lady.mail.ru” nashri sizga o‘zingizni yaxshi ko‘rish va xudbinlik o‘rtasida muvozanatni qanday saqlash mumkinligi haqidagi bir necha maslahatlarni havola etadi.
O‘zingizni boshqalardan yuqori qo‘ymang
“O‘zing xohlaganday yashash, xudbinlik emas, balki boshqalarning sen xohlaganday yashashi xudbinlikdir”. 
O‘zingizni sevish uchun birinchi navbatda butun diqqatingizni o‘zingizga va ehtiyojlaringizga qaratib (boshqalarning emas) hayotingizni qurish, oldingizga maqsadlar qo‘yib, ularni amalga oshirish uchun intilib yashash, biror yutuqqa erishganda o‘zingizni maqtab qo‘yish lozim bo‘ladi. O‘zingni sevish bu sog‘lom va idrokli xudbinlikdir. 
Bundan tashqari, odobsizlikka kiruvchi yana bir xudbinlik mavjud. Bunday odam boshqalarning his-tuyg‘ularini, haq-huquqlarini, xohish-istaklarini hisobga olmaydi, o‘zinikini esa bo‘rttirib ko‘rsatadi. Aynan shu narsa o‘zingizni sevishdan tubdan farq qiladigan, turli bahs-munozaralarga sabab bo‘luvchi “yomon” xudbinlikni anglatadi.  
Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, — xohish-istaklaringizni, ehtiyojlaringizni qondirish uchun o‘zingizni boshqalardan yuqori qo‘ymay, teng ko‘rsangiz, boshqalarning ham o‘z istaklari, orzu-niyatlari borligini tushunsangiz, bu xudbinlikka kirmaydi. Xudbin degani — o‘zini boshqalardan yuqori qo‘yib, faqat aytganini qildiradigan, faqat uning istaklarini, ehtiyojlarini qondirishni talab qiladigan odamdir.  
Taklif va iltimos qiling, birovni ayblab, aytganingizni qilishni talab qilmang
O‘zini sevgan, hurmat qilgan odam iltimos va taklif qiladi, xudbin esa talab qilib, aybdorga chiqaradi. O‘zini oqlash uchun “xudbin” so‘zini sizga nisbatan ishlatadi.
— Azizim, bugun istirohat bog‘iga aylangani boramizmi?
— Yo‘q, borolmayman, do‘stlarim bilan futbolga bormoqchi edim.
— Siz xudbinsiz! Har doim o‘z xohish-istaklaringizni birinchi o‘ringa qo‘yasiz! Men bilan ishingiz yo‘q!
O‘ylab ko‘ring, aslida bu yerda kim xudbin? To‘ppa-to‘g‘ri, o‘zining istagini bajartirish uchun boshqa odamning xohishidan voz kechishga majbur qilayotgan odam xudbindir. Agar o‘zini hurmat qiladigan, yaxshi ko‘radigan odam bo‘lganda edi, uning javobi mana bu ko‘rinishda bo‘lardi: “Afsus, bugun judayam siz bilan boqqa borgim kelgandi, mayli yolg‘iz bora qolaman” yoki “Bo‘sh vaqtimni siz bilan o‘tkazishni judayam xohlagandim, balki ikkalamizni xursand qiluvchi biror narsa o‘ylab toparmiz”.
O‘zingni sevish — sog‘lom va to‘g‘ri hayotiy pozisiyadir. Agar o‘zingizni sevsangiz, boshqa odamlarni ham seva olasiz. Bu degani uning fikrlariga, xohish-istaklariga quloq solish, noroziligini namoyish qilishga yo‘l qo‘yib berish, o‘ziga foydali fikrlarni olish deganidir. 
Hayotingizdagi kamchiliklarni o‘zingiz hal qilishga harakat qiling, birovlardan yordam kutmang
O‘zingizga nisbatan bo‘lgan sevgi izzattalablik, kalandimog‘lik emas, balki har doim o‘zingizdan menga nima yoqadi, nimani xohlayapman, o‘zim uchun yana nima qilolaman, qanday yo‘l tutsam hayotdan qoniqib yashayman degan savollarga javob qidirishdir. Nima uchun bu narsani muhim deb hisoblaymiz? Samolyotdagi fors-major holatni ko‘z oldingizga keltiring: “Kislorodli niqobni avval o‘zingizga, keyin bolangizga taqing!”  Avvalo bu niqobni o‘zingizga taqsangiz nafas olasiz, tirik qolasiz va kuch-quvvatingizni boshqalar bilan bo‘lisha olasiz, yaqinlaringizga tirgak bo‘lasiz. 
Agar o‘zingizni yaxshi ko‘rmay, faqat birovlarning dardu-tashvishi bilan yursangiz, o‘zingizni qurbon qilasiz, asta-sekin o‘zingizni keraksiz odamday his qila boshlaysiz va boshqalardan yordam kuta boshlaysiz. O‘zingiz qurbon bo‘ldingizmi, boshqalardan ham qurbonlik talab qilasiz.
Bir narsani unutmang, mabodo o‘zingizni sevmasangiz, boshqalar ham sizni sevmaydi. Xudbinlik degan so‘z quyidagi hazil bilan qorishib ketsin: “Xudbin — yomon odam demakdir, u meni emas, faqat o‘zini o‘ylaydi”.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5709 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayol, O‘zingizni, Xudbin, Sevishni o‘rganing
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное