Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Xotirani mustahkamlash uchun 5 ta oddiy maslahat


Eslab qolish qobiliyatimiz “xotira tarozisida” tortilsa, kimdir ismlarni, kim esa raqamlarni, ayrimlar yuz tuzilishini, ba’zilar ovozni, boshqalar esa voqea joyini nisbatan yaxshiroq xotirasida saqlay olishini ko‘rishimiz mumkin.

Kishilar bilan doimiy muloqotda bo‘ladigan insonlarning ko‘pchiligi ismlarni eslab qolish muammosiga duch keladilar. Chehrasi tanish, ovozi tanish, hatto kasbi, yoshi, ilgari qaerda uchrashganingiz ham yodingizda... Biroq ismini eslolmaysiz!

Tanish holatmi? Unda, quyida keltiriladigan 5 ta maslahat aynan Siz uchun!

1-­maslahat: sizga bir kishini tanishtirganda, yoki o‘zingiz tanishganingizda uning ismini ovozingizni chiqarib talaffuz qilishni unutmang. Masalan: “Men ham tanishganimdan xursandman, Bekzod” kabi.

Qisqa tanishuv mobaynida uning ismini uch-to‘rt marotaba TAKRORLAShINGIZ maqsadga muvofiq. Shunda u yodingizda qoladi.

2­-maslahat: kishining ismiga uning martabasi (professor Adham O‘ktamovich), lavozimi, vazifasi (Ma’rifat, buxgalter), ish joyi (tahririyatdan Nargiza), sizga kim orqali tanish ekanligi (Ilhom — Rustamning do‘sti), voqea joyi (Akbar aka — kafedagi tanishuv) va shunga o‘xshash «MAXSUS KODLAR» ORQALI eslab qolishga harakat qiling;

3­-maslahat: kun davomidagi voqealarni yodga olganda, oila davrasida yoki hamkasblar hangomasida tanishgan odamingiz yoki u bilan bog‘liq ishlar, ish joyi haqida gap ketganda albatta uning ISMINI QO‘ShIB GAPIRING.

“Bir kishi”, “anavi tashkilot xodimi”, “bittasi”, “anov” kabi so‘zlarni ishlatishingiz yangi tanishgan kishingizning ismini unutishga sabab bo‘ladi;

4­-maslahat: yangi tanishning qaysidir AJRALIB TURADIGAN JIHATINI eslab qoling va ismiga qo‘shib (faqat uning o‘ziga yoki tanishlariga emas) talafuz qiling.

Masalan: ko‘zi (shakli, rangi, ifodasi); qoshlari (shakli, qalinligi); peshona (katta, kichik, do‘ng); iyak (cho‘ziq, ichkariga tortilgan); labi (shakli, tuzilishi, kulgichlari) va hokazolar.

Masalan: ko‘zi ko‘k Bahrom aka, qoshlari qalin Ra’no, do‘ngpeshona Bohodir, iyagi cho‘zinchoq Akbarali, g‘uncha labli Masturaxon va hokazo.

5­-maslahat: aksariyat ishchi­xizmatchilar mehnat faoliyati davomida qog‘oz­qalamga murojaat qiladilar. Juda ko‘pchilikning shaxsiy ish tutish daftari, qaydnoma kitobi va cho‘ntak bloknoti bor.

Hozirda 50% dan ziyod soliq to‘lovchi shaxslarning mehnat faoliyati personal kompyuter bilan bog‘liq.

Demak, yangi ma’lumotni “SOVUTMAY” YoZIB QO‘YIShga imkoniyatlar bisyor! Agar inson miyasi uzliksiz ravishda xotirasiga ko‘rgan­kechirganlarini yozaverganida edi, bir necha soatdan so‘ng xotira to‘lgan bo‘lar edi.

Shuning uchun yangi tanish­bilishning nafaqat ismi sharifi, ish joyi, lavozimi (vazifasi), telefon raqamlari, elektron pochtasi, va boshqa ma’lumotlarini yozib qo‘yish maqsadga muvofiq.

Xotima. Azizlar, oxirgi paytlarda xotiramiz — miyamizdagi xotira xujayralarida emas, qo‘limizdagi mobil telefon fleshkasida saqlanayotganday bo‘lib qoldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tabiiyki, zamonaviy kishining yangi tanishuvlari, eng avvalo, uning telefon raqamlari “ro‘yxatida” o‘z aksini topadi. Hattoki muloqotning aksariyat qismi — internet orqali ishlaydigan mobil aloqa dasturlariga ko‘chib o‘tganday.

U yerda yangi tanishning suratini ko‘rish, uning yozishmalarini o‘qish, qiziqishlari bilan tanishish imkoniyati mavjud. Bunday o‘ziga xos “qaydnoma”ning o‘z afzallik tomonlari bor, albatta. Biroq miya xotirasini mustahkamlash, uni takomillashtirib borish ham o‘z qo‘limizda.

Axir, nogahon uchratib qolgan tanishingizning ismini eslash uchun avval telefon apparatini ochib, keyin salomlasha olmaysiz-ku! Bunday holatda kishi noqulay ahvolga tushib qolib, izza bo‘lishi hech gap emas...

Ulug‘ BEK



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 9377 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xotirani mustahkamlash, maslahat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное