Xorazm viloyatida 34 yoshli ruhiy xasta ayol 61 yoshli o‘gay otasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. Voqea 25-fevral kuni soat 18:50 larda viloyatning Yangibozor tumani “Yuqoriboshqir” mahallasida yuz bergan. Ruhiy kasal Y.K o‘gay otasi Y.S. bilan o‘zaro janjallashib, temir jism bilan uning bosh qismiga bir marotaba urib qasddan o‘ldirgan. Holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Y.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Avvalroq Toshkentda emizikli bolasi bor ayolni urgan ruhiy xasta erkak qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.