Munisa Rizayevaga fanatlar oshiqligi chek-chegara bilmayotgandek)) Xonandalar xam endi Munisaga atab qo‘shiqlar kuylayotganiga nima deysiz? Bir emas naq ikki yosh xonanda bir-biridan deyarli yarim yil oraliqda Munisa Rizayevaga atab qo‘shiq kuylashdi. Ular xaqida Munisaning fikrlari suratlarda ko‘rsatilgan.
Nasiba Abdullayevaning qo‘shnisiman deganu, Samandarning "Sevgi fazosi"ni quchtirib, Munis klipida faqat o‘zi o‘ynashni istayotganu va mart oyida unga uylanishni istagan Xikmat degan yosh xonandaning "Munisa Rizayevani sevaman" deb nomlangan qo‘shig‘i oldingi yil yutub tarmog‘ida paydo bo‘lgandi. Lekin ochig‘i ko‘pchilikni xabari bo‘lmagan ko‘rinadi, ammo yutubga ikki oy avval joylanganligi ko‘rsatilgan. Xa, mana endi ommalashsa ajabmas)) Qo‘shiq so‘zlari juda ajib, ruscha aralash va Munisaning "Sekin asta" qo‘shig‘i bilan zo‘r miks qilingan. Qo‘shiq matnidan "takoy ko‘cha"sifat Qo‘qonlik "kovboy" yigit ekanligi sezilarli)) Qo‘shiq oxirrog‘ida esa "To‘ylar muborak" qo‘shig‘idan xam parchalar bilan miks qilingan.
Endi antikvar ism soxibi Shoxzamon degan yosh xonanda xam "Munisaxon Rizayeva" deb nomlangan qo‘shiq premerasini yaqin kunlar taqdim etayotgan ekan.
San’atimizda bir xonandaga (tirikligida albatta) bir emas naq ikki xonanda qo‘shiq kuylaganini eslay olmadim. Alisher Fayzni Rayxonga atab kuylagan xazilomuz qo‘shig‘ini aytmaganda. Ozodbekniki esa bundan mustasno, zero u majoziy qo‘shiq bo‘lib xonanda Rayxonga aloqasi bo‘lmagan. 2014 yilning aprel oylarida xonanda Manzura xam Munisaga atab qo‘shiq kuylayotganini bizga ma’lum qilgandi. Negadir jimlik bo‘lib ketdi. O‘sha xabar saytimizda chiqqanidan keyin boshqalar ta’sirlanganmi, bilmasamu, xarxolda kutilganidan kutilmaganlari kuylab yuborishmoqda.
Bu ketishda ajabmaski "ProjektorPerisXilton" kabi o‘zimizda xam "MunisaRizayevaYog‘dusi" degan ko‘rsatuv tashkil qilinsa)) va uni Davron Kabulov olib borsa kerak a?)