Avvalroq, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov ikkinchi o‘g‘li Islomni uylantirayotgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilovaning xonadonida ham to‘yga tayyorgarlik avjida. Ertaga, 8 aprel kuni xonandaning singlisi Aziza Qobilova turmushga chiqyapti.
Aziza Qobilovani ko‘pchilik yaxshi taniydi. U opasining ortidan san’atga ham qadam tashlab ko‘rdi, bir necha qo‘shiqlarini taqdim etdi. Ammo ijodni jiddiy davom ettirmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bugun, 7 aprel kuni to‘ydan avval osh dasturxoni yozilgan. Ertaga nikoh marosimi bo‘lib o‘tadi.