"Ular bilan gaplashganimdan so‘ng, xursandligimdan yig‘ladim", – deydi xonanda.
Har yili turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan xorijda dam olishni kanda qilmaydigan xonanda Shahzoda ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali hovuzda delfin bilan tushgan surati va video tasvirini joyladi. Ma’lumotlarga qaraganda ayni ayni damda xonanda oila a’zolari bilan BAAning Dubay shahrida dam olyapti.
Delfin bilan tushgan suratiga xonanda quyidagicha izoh qoldirdi.
“Yana bir orzum ro‘yobga chiqdi. Delfinlar eng noyob va dunyodagi eng bag‘rikeng mavjudotdir. Bu eng unutilmas voqea bo‘ldi. Ular bilan gaplashganimdan so‘ng, xursandligimdan yig‘ladim”.