Xonanda Shahzoda “Ummon” guruhiga havas qilishini aytdi
1-2 iyun kunlari “Ummon” guruhi “Istiqlol” san’at saroyida “Hammamiz birga” nomli konsert dasturini taqdim etgani haqida xabar bergan edik. Mazkur konsert dasturida “Ummon”chilar bilan birga xonanda Shuhzoda “Yonaman” nomli duet qo‘shig‘ini kuylab chiqdi. Guruhning muxlislari konsert davomida sevimli san’atkorlarini shu qadar qo‘llab quvvatladiki, bunga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Aksariyat tomoshabinlar o‘rindiqlarini tark etib, konsertni tik turgancha tomosha qilishdi. Zaldagi odamlarning zavqini ko‘rgan Shahzoda qo‘shiq yakuniga yetgach, “Ummon” guruhiga havas qilishini aytdi. “Men sizlarga chin dinldan havas qilaman. Bunday ashaddiy muxlislarni hali ko‘rmaganman”, deydi xonanda. Konsertdan foto va videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgan taniqli san’atkorlar ham “Ummon”ning muxlislari haqida o‘z fikr va mulohazalarini yozib qoldirishdi. Aktyor Otabek Mahkamov va aktrisa Halima Ibragimova tomonidan tasvirga olingan videolavhalarda “Istiqlol” san’at saroyiga jam bo‘lgan muxlislar “Ummon”ni qanday qo‘llab-quvvatlayotgani tasvirlangan.