Xonanda Shahzoda o‘zining avtohalokatga uchragani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-so‘zlarni rad etdi.
“Hammasi joyida. Xudoga shukr! Ushbu noxush xabarni tarqatmaslikni iltimos qilaman”, – deb yozdi Shahzoda 28 mart, shanba kuni Instagram’dagi sahifasida.
Xabarga xonanda Shahzodaning aktrisa Shahzoda Matchonova bilan birga tushgan surati ilova qilingan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Shahzodaning rasmiy saytidan olingani da’vo qilingan skrinshot keng tarqalib, turli gap-so‘zlarga sabab bo‘lgandi.
Skrinshotda xonanda Shahzoda 27 mart kuni avtohalokat natijasida vafot etgani haqida xabar matnini ko‘rish mumkin.
Biroq xonandaning rasmiy saytida hozirgi vaqtda eng so‘nggi xabar 2014 yilning 27 iyulida kiritilganini ko‘rish mumkin. Shunday ekan bu va shu kabi malumotlarga hech ishonmang. Maftunkor Shaxzodamiz sog'-salomat, Unga hech narsa qilgani yo'q. Bu ichi qora bo'lgan insonlarning qo'pol hazili!!!