Xonanda Manzura yaratgan qo‘shiqni tojikistonlik xonanda kuyladi
O‘zbek estradasida o‘g‘irlangan, xorij qo‘shiqlaridan plagiat qilingan taronalar qancha ko‘p bo‘lishiga qaramay, rivojlanish nuqtai nazaridan Markaziy Osiyoda davlatlari orasida yuqori o‘rinlarni milliy estradamiz band etadi. Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘izistonda o‘zbek san’atini yaxshi ko‘radilar, hatto, O‘zbekistonga kelib, qo‘shiqlari va kliplarini shu yerdagi ijodkorlar bilan hamkorlikda tayyorlaydigan xonandalar ham bor.
“Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva o‘zbek estradasida o‘z o‘rniga ega xonanda. U zamonaviy ijodkor. Xonandaning so‘nggi vaqtlarda yaratayotgan qo‘shiqlari nafaqat zamonaviy, balki hayotiy mazmunga ega.
Manzura bastakorlikda ham bir necha bor o‘zini sinab ko‘rgan, har holda bu uchun unda yetarli bilim va tajriba bor. Mazura Yo‘ldosheva bastalagan qo‘shiqni esa tojikistonlik taniqli xonanda Zevarov – Bishnav kuylab chiqdi. Ushbu qo‘shiq sentabr oyida kuylanib, unga klip olingan bo‘lsa-da, Manzura qo‘shiq ommaga taqdim etilganidan bexabar bo‘lgan. Bugungacha uni YouTube’da 42 ming dan ortiq foydalanuvchi tomosha qilgani ma’lum.
Ushbu qo‘shiq “Domodi zamonavӣ” nomli tojikistonlik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan filmga soundtrek sifatida tanlab olingan.
Ma’lumot uchun, “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva ijrosidagi 10 dan ortiq qo‘shiqni qo‘shiqlarni chechenistonlik xonanda taniqli xonanda ham kuylab chiqqan.
Menam biron ashulasiga o'xshadmadim lekin men tojikistonda yashasamam tojik tilini bilib turib bu ashulani zo'r chiqibdi deb aytolmiman shunchaki oddiy ashula VAUUU emasku