Xonanda Lolaning sobiq turmush o'rtog'i yangi oila qurdi
Xonanda Lola Yo'doshevaning sobiq turmush o'rtog'i Shohrux yangi yangi uylandi. 16 yanvar kuni Toshkentdagi «Yakkasaroy» restoranida uning nikoh marosimi o'tkazilgan. Kuyov va kelinning to'yda tushirilgan fotosuratlari esa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan. Bu haqda «Qalampir.uz» sayti xabar yozgan.
Bungacha Lola Yo'ldosheva turmush o'rtog'i bilan ajrashganini yashirib kelardi. Xonanda bundan bir oy avval RedPen nashriga bergan intervyusida turmush o'rtog'i bilan 2011 yilda ajrashganini tan oldi.
Ma'lumot uchun, Shohrux va Lola 2005 yilda turmush qurishgan. O'shanda ularning to'y oqshomi, Lolaning kelinlik libosidan tortib, shohona oq tulpori va to'y uchun keltirilgan kapalak uzoq vaqt muhokama qilingan edi.
Ro'zg'or, uy yumushlari, oilaviy ikir-chikirlar sabab san'atdan biroz uzoqlashgan xonanda 2011 yilda qizg'in ijodga qaytgan edi. Ularning bir o'g'il va bir qiz farzandi bor.