Xonanda Lola Toshkent shahri chorrahalariga o‘rnatilgan kameralarning ishga tushishi uni ham intizomli bo‘lishga undaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uzXayrli tong! Ishga ketyapman. Yo‘llardagi kameralar hatto meni ham tartibga solmoqda. Men endi rulda emasman!”, — deb yozdi Lola o‘zining Instagram’dagi sahifasida.
Lolaning bu qarori uni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boruvchi muxlislari o‘rtasida keng muhokama qilinmoqda. Ular Loladan mazkur fikrga kelishi sabablarini so‘radi.
Savollarga xonanda quyidagicha javob berdi: “Men ortiq mashina haydamayapman. Hayotim uchun mas’uliyatni ishonchli qo‘llarga topshirdim”.