Xonanda Lola o‘zining ijtimoiy tarmoqlarlardagi sahifalarida barchani kechirimli bo‘lishga undadi.
“Kechirish-bu ozod bo‘lish. Gina-araz esa sizdan boshqa kimdir zaharlanishiga umid qilib ichilayotgan zahardir.
Bugun men barcha yaqinlarim, do‘stlarim, qarindoshlarim va hattoki begonalardan ham kechirim so‘rayman. Balki, so‘zlarim yoki xatti-harakatlarim bilan dilingizni og‘ritgandirman. Balki mening sukutim ham ko‘nglingizga og‘ir botgandir...
Ba’zan atrofingda sendan xafa bo‘lgan, sendan og‘ingan qalb sohibi borligidan bexabar tarzda yashayverasan...
Hammamiz xato qilamiz, kimnidir xafa qilib qo‘yamiz. Keling, kechirimli bo‘lishni o‘rganamiz...”,—deb yozdi xonanda.
Eslatib o‘tamiz, Lola 7 avgust kuni Moskva shahrida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Shuningdek, bugun 1 avgust kuni radiokanallar orqali xonandaning yangi “Xabar ol” deb nomlangan qo‘shig‘i premerasi bo‘lib o‘tadi.