Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

XONANDA-KU UDDALADI, TAShKILOTChILIK ESA
TOShKENTDA 30 KUNLAB KONSERT BERIB, REKORD 
O‘RNATGAN YuLDUZNING OKEAN ORTIDAGI KONSERTIDA ATIGI 300 KIShI?! 

Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi bir yurtdoshimiz shunday deydi: "Biz Shukrullo Isroilov ta’rif bergani kabi gasterbayterlar emasmiz! Kennedi aeraportida videoreklama qilishibdiyu, Isroilovning murojaat so‘ngida tiliga juda erk bergani qalbimizni chilparchin qildi. Konsertga borish shashti videoni ko‘rdim-u, so‘ndi. Mayli, u ta’riflagancha gasterbayterlar konsertga kelar ham, ular pul to‘lab chipta xarid qilmaganida, tomoshabin bo‘lib o‘tirmaganida, kimga konsert berishardi? Yo tekinmidi fonogrammadagi shoulari? Axir, kim bo‘lganda ham bir Vatanning farzandlarimiz-ku?!

Shundan so‘ng, o‘sha ko‘ngillarni chilparchin qilgan videoni saytda taqdim etish uchun yuborishdi ham. Tomosha qilar ekanmiz, muxlisning gapida jon borligiga amin bo‘ldik. Biroq, uni yana ommaga taqdim etishni lozim topmadik. Shundoq ham iinternet tarmog‘ida tarqalib ketgan "videoreklama”dan ko‘pchilik xabar topgani aniqQilar ishni qilib qo‘yib, atrofdan aybdor izlaymiz? Nahot, san’atkorlar nima gapirayotganini yetti o‘lchab, bir kesmasa?! So‘z qudrati

qilichdek o‘tkir, zahar kabi achchiq, gohida axlat kabi badbo‘y ekanligini anglashmasa?! Mana oqibati. Nyu-Yorkdagilar konsert qolib, aynan shu video muhokamasiga o‘tib ketishgani afsuslanarli hol.  

OAV xodimlaridan biri shunday deydi: "Ozodbek qo‘lidan kelganicha zo‘r kuylashga harakat qildi. Musiqachilarini olib kelolmagani uning aybi emas. Tashkilotchilikda juda katta kamchiliklar bor. Nazarbekovdek birinchi raqamli xonandalar uchun "Millenium” kabi zallar kichkinalik qiladi. Muxlislari talay.

Ma’lumotlarga qaraganda, "okean orti”da so‘nggi yillarda uyushtirilayotgan ko‘plab konsertlar omadsizlikka yuz tutmoqda. Tohir Sodiqovning yakkaxon konsertidan to bir necha yulduzlarni jamlagan gala-konsertlargacha chipta xarid qilayotgan tomoshabinlar soni juda kamligi ta’kidlanadi. Bu borada esa hadeb san’atkorlardan ayb izlash yaramaydi. Gap tashkilotchilikka borib taqaladi. Mas’uliyatsizlikmi? Shu o‘rinda boshqa sabab ham topiladi: balki odamlarda ishonch yo‘qolgandir? Axir, Toshkentdan mehmon yulduzlar viza olib kelguniga qadar shoshib konsert kunlarining e’lon qilinishi va reklama qilingan kunda konsert berilmasligi chipta xarid qilganlar xafsalasini pir qilar?

Yana kim biladi deysiz? Bunday omadsiz hollar bejizga emas. Obdon o‘ylab ko‘rish fursati yetganday. Kim ishidan deb turgan mahalimiz, kim tilidan topdi...Qadam bosishning, o‘ylab gapirishning mavridi yetdi. Ha, shunday!

Darvoqe, endi hamma ayb internet qurg‘urga taqaladi. Axir, xonanda xorijdagi gastrolining xato va kamchiliklarini bekitib, chalasini yashirib, borini oshirib borib aytaman deguncha, hammasidan hamma aniq, ravshan boxabar bo‘lmoqda! Shunday ekan, ommani aldab bo‘lmaydi. Yaratganning ishlari-da! Balki, real tilda aytganda, davrning ildamligiyu, zamonning tezlashganidir...   

P/S. Yana bir gap. Xorijdagi yurtdosh konsert tashkilotchilarimiz, kim o‘zarga o‘ynab, boshbadoqlik qilguncha, birlashib, bir yoqadan bosh chiqarishganida bunday kamchiliklar o‘z-o‘zidan barataraf bo‘larmidi?! Bunga to‘sqinlik qiladigan kibr yoki boshqa ko‘zga ko‘rinar-ko‘rinmas sabablarni  bir chetga surib, bir kalla yaxshi, bir nechtasi undan yaxshi bo‘lishi haqida ozgina o‘ylab ko‘rish kerakmikan?! Axir, yutuq ham, kamchilik ham o‘zimizniki. Muammoni o‘z vaqtida yechmasak, boshimizning gap-so‘zlarga qolib ketishi ham o‘zimizniki bo‘lib qoladi. Aqllilik qilmoqchi emasmiz-u, aslida bor gap ham shu-da!  

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2217 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
xayrulla001 bowqa devlatda muxlislari borligi wuni ozi baxt
Like | 0
BlackStarMega Xa esitkandim 300 ta odam kelgan dep
Like | 0
BlackStarMega M.m
Like | 0
BlackStarMega M.m
Like | 0
BlackStarMega Nimayam derdik
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное