Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovni yoshgina qiz o‘payotgani aks etgan surat muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. «Daryo.uz»ning yozishicha, bu surat bir necha yil avval olingan. Undagi qiz yosh aktrisa Zinnura ekan. Qizg‘in muhokama ketayotgan bir paytda Zinnuraning javobi barchasidan oshib tushdi: “Man o‘pgan bo‘lsam, ular mani, zato, quchoqlaganlar. Man Jahongir Otajonovni judayam yaxshi ko‘raman, ijodlarini hurmat qilaman”, deb yozdi u “Instagram” sahifasida.