Estradamizning iqtidorli va xushovoz xonandasi Husan bilan bog‘liq sovuq xabarlar so‘nggi kunlarda shiddat bilan tarqaldi. Mish-mishlarga qaraganda, Husan avtohalokatga uchragan va buning oqibatida hayotgan ko‘z yumgan. Oxirgi to‘rt kundan beri Husanning qo‘l telefoni tinmayapti. Nafaqat Husanning, balki, shou-biznes olami va ommaviy axborot vositalari vakillaridan ham so‘rab surishtirayotganlar kun sayin ko‘paymoqda. Xo‘sh, Husanga nima bo‘lgan o‘zi? Nima sababdan bunday gap-so‘zlar tarqalgan? Biz barchasiga oydinlik kiritish maqsadida xonanda bilan bog‘landik.
“Bilasizmi, oxirgi to‘rt kun ichida qo‘l telefonim tinmayapti. Qo‘ng‘iroq qilib so‘rayotganlarning savoli bitta! “Tirilmisan? Seni avtohalokatga uchrab, olamdan o‘tdi deb eshitdik.” Men bu savollardan shok holatiga tushib qoldim. Axir men hech qanaqa avtohalokatga uchraganim yo‘q. Soppa-sog‘man. Bunday sovuq xabarni kim va nima sababdan tarqatgani esa menga qorong‘u. Nima ham derdim, bunday odamlarga insof tilashdan o‘zgasi qo‘limdan kelmaydi.”-deydi xonanda saytimizga bergan ma’lumotida.
Avvaliga biz ham hayratdan yoqa ushladik. Husanga hech qanday ziyon yetgani yo‘q. Bu mish-mishlarni xalq orasiga tarqatganlarning maqsadi o‘zlaridan boshqa hech kimga ayon emas. Biroq biz ham ularga insof so‘rab qolamiz. Husanning ijodiga ulkan muvafaqqiyat tilaymiz va yangi ijod namunalarini kutib qolamiz.