Xakerlar istalgan telefonni buzib ochish imkoniga ega ekani aytildi
Xakerlar har qanday telefonni buzib kira oladilar, buning uchun ularga telefon raqamni bilish kifoya. Bu haqda The Guardian nashrida xabar berilgan.
Buzib ochishning mazkur usuli birinchi marta Germaniyada xakerlar konferensiyasida namoyish etilgandi. Xavotirli jihati xakerlar SS7 ichki xizmat almashinuvidan foydalana olishadi.
Mobil raqam yordamida telefonga kirib, xaker SMS xabarlarni o‘qiy oladi, qo‘ng‘iroqlarni tinglay oladi va gadjet egasining qaerda ekanini kuzata oladi.