Windows`ning so‘nggi namunalarida xavfli zaiflik aniqlandi
Windows operasion sistemalarining Vista`dan keyin ishlab chiqarilgan barcha namunalarida xavfli zaif nuqta mavjudligi aniqlandi, deya xabar qildi ZDNet.
Zaiflik Microsoft OSning barcha namunalari, shu jumladan, Windows 10 ga o‘rnatilgan Internet Explorer brauzeriga tegishli. Brauzerdagi zaif joy orqali begona kimsalar operasion sistemaga to‘liq kira oladi va ilovalarni ishga tushirib, yangi dasturlarni o‘rnatishi va o‘chirib tashlashi, shuningdek, qattiq diskdagi barcha ma’lumotlarni o‘zgartirishri mumkin.
Shu bilan birga, qurbonlarning zararli kod joylashgan maxsus veb sahifaga kirishining o‘zi ham kifoya qiladi. Ayni paytda Microsoft mazkur kamchilikni bartaraf etishga kirishgan.