Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Viber messenjeri 900 mln dollarga sotilmoqda

Yapon internet-xoldingi Rakuten 900 million AQSh dollari evaziga Viber Media kompaniyasini sotib olmoqchi. Bu haqda Rakuten saytida e’lon qilingan press-relizda so‘z boradi.

Rakuten rahbari Xirosi Mikitanining ta’kidlashicha, Viber’da "ajoyib stikerlar do‘koni” mavjud va messenjer "o‘yin platformasi sifatida ulkan potensialga ega”.

Viber messenjerida 300 millionga yaqin a’zo qayd etilgan. U matnli xabar almashish, qo‘ng‘iroq qilish va videoqo‘ng‘iroq xizmatlarini taqdim etadi. 2013-yilning dekabridan buyon Viber’da statsionar va uyali telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati ham yaratilgan. U kompyuterlarda ham, mobil qurilmalarda ham ishlaydi.

Messenjer o‘z ishini 2010-yili boshlagan. Viber Media asoschisi isroillik tadbirkor Talmon Marko hisoblanadi. Kompaniyaning shtab-kvartirasi Kiprda, dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi ofislari esa Isroil va Belarusda joylashgan.

Rakuten Yaponiyadagi eng yirik internet-tijorat maydoni – Ichiba’ga egalik qiladi. Keyingi yillarda xolding faol ravishda xorijdagi loyihalarga sarmoya kiritmoqda: kompaniya elektron kitoblarni o‘qiydigan Kobo qurilmasi hamda Buy.com onlayn-riteylerining ishlab chiquvchisini sotib oldi. Shuningdek,u Pinterest ijtimoiy tarmog‘iga va Rossiyaning Ozon.ru internet-do‘koniga sarmoya kiritdi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2118 | Рейтинг: 0| Рейтинг: viber, Viber messenjer
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное