Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Uyquchi talabalarga maslahatlar


Uyqu ortiqcha mehnat, charchoq va holsizlik sababli yuzaga keladi. Uyqushunos olimlarning fikriga ko‘ra, sog‘lom odam 6-10 soat atrofida uxlashi lozim. Shunday odamlar guruhi ham mavjudki, ularning uyquga ehtiyoji 10-12 soatni tashkil etadi. Biroq ular salomatligidan shikoyat qilishmaydi. Masalan, Dostoyevskiy uyquchi bo‘lgan, Lev Tolstoy esa juda kam uxlagan. Ehtimol, ko‘p va kam uyqu odamning genetikasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ish vaqtida uyqusi kelib, bir ishga qo‘li bormaydiganlar va ma’ruza vaqtida uxlab o‘tiradigan talabalar haqida juda ko‘p eshitganmiz. Balki o‘zimizning ham boshimizdan o‘tgan bo‘lishi mumkin.

Muammo nimada deb o‘ylaysiz? Sog‘lik bilan bog‘liqmi yoki o‘z ishiga e’tiborsizlikdanmi?

O‘sish davridagi talabalar 80 daqiqa bir joyda o‘tirib ma’ruza tinglaydi? Bu qanchalik to‘g‘ri? Vaholangki, eng qiziqarli mavzu haqida yarim soat miriqib gapirish mumkin. Eng bilimli professorning ham auditoriyani bir soatga yaqin jalb qila olishi katta masala.
Shunday ekan, aksariyat yoshlar dars vaqtida uxlab qoladilar. Bu esa ta’lim tizimidagi tartib-qoidalarga o‘zgartirish kiritish kerak, degan xulosani keltirib chiqaradi. Misol uchun, dars davomida salqin ichimliklar va mevalarni iste’mol qilishga erkinlik berish vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin. Umuman olganda, guruchni kavlagan sari tosh chiqaveradi. Shuning uchun bor imkoniyatlardan unumli foydalanib, har bir ishga diqqat va e’tiborli bo‘lishimiz lozim.

Uyg‘onish vaqti keldi! Quyidagi masalahatlarimiz ish va o‘qish vaqtidagi uyquni bartaraf etish va diqqatni bir joyga jamlash usullari haqida bo‘ladi.

Zerikishni bartaraf eting

Zerikish ko‘pincha uyquni chaqiradi. Shuning uchun, avvalo, o‘zingizda dars mavzusiga nisbatan qiziqish uyg‘oting. Berilayotgan ma’lumotlarni tasavvuringizda shakllantiring. Dars vaqtida boshqa xayollarga chalg‘imaslikka va o‘qituvchining savollariga javob berishga harakat qiling.

Tanaffus qiling

Tashqariga chiqishga ruxsat oling va ochiq havoda biroz piyoda yuring. Yoki chiroqni yoqishlarini so‘rang. Chunki organizmimizdagi biologik holat yorug‘da faolroq ishlaydi.

Parhezga rioya qiling

Oziq-ovqat tananing faolligini oshirishi mumkin, ayniqsa, parhezga rioya qilinsa. Mutaxassislar uyqusizlikka qarshi kurashda ortiqcha ovqatlanishdan saqlanishni tavsiya etadi va yog‘li ovqatlarni parhezdan butunlay chiqarib tashlashadi.
Ziravorlar, sut mahsulotlari, meva va sabzavotlar hazm bo‘lishi qiyin ovqatlarga qaraganda ko‘proq harakatga yordam beradi. Faolroq bo‘lish uchun olma, zanjabil, ismaloq, ko‘katlar, makkajo‘xori va shokolad iste’molini tavsiya qilamiz.

Xona derazalarini oching

 

Xonadagi havoni tez-tez almashtirib turing. Chunki kislorod yetishmasligi uyquchanlikning sabablaridan biridir.

Sovuq suvda yuvining

Bevaqt uyquni bartaraf etish uchun yuz-qo‘llaringizni sovuq suvda yuving. Bu organizm uchun “termal stress” (inglizcha “thermal stress” – bu materialning har qanday o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan kuchlanishni ifodalaydi) bo‘lib ximat qiladi. Unda faol tura olish uchun barcha “ombor”lar ochiladi va organizm energiya bilan ta’minlanadi.

Shokolad iste’mol qiling

Shokolad tarkibidagi kakao insonga o‘zini tetik his qilish imkonini beruvchi xususiyatlarga ega. Shokoladga yarim choyqoshiq qahva qo‘shib damlasangiz, bu jarayon yana-da tezlashadi.

Ochlikdan saqlaning

Avtomobil yoqilg‘isiz yurmaganidek, inson organizmi ham ozuqasiz faoliyat ko‘rsatmaydi. Shunday ekan, uglevodlarga boy mahsulotlarni kam-kamdan tez-tez iste’mol qiling.

Tonggi badantarbiyani unutmang

Har kuni ertalab jismoniy mashg‘ulotlar bajaring. U nafaqat tanaga, balki asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va kun davomida faolroq bo‘lishga yordam beradi.

Agar yuqoridagi maslahatlar ham sizga foyda bermasa, unda yetarlicha uxlang. Mutaxassislar nafaqat uyqu davomiyligiga, balki uning sifatiga ham e’tibor berishni tavsiya etadilar.

Rag‘batlantiruvchi moddalar – qahva, energetik ichimliklarni rad eting va kunduzgi uyquning sabablari haqida o‘ylang. Agar muammo uyqusizlik bo‘lsa, u holda siz dam olish kunida emas, balki muntazam ravishda yetarlicha uxlashingiz kerak. Ehtimol, haddan tashqari jismoniy zo‘riqishingiz yoki kuchli stressda bo‘lishingiz mumkin. U holda shifokorga murojaat eting. Sog‘lik hamma narsadan afzal, o‘zingizga e’tiborli bo‘ling.

Zebo Xudoyberdiyeva tayyorladi



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 2123 | Рейтинг: 0| Рейтинг: maslahatlar, Uyquchi, talabalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное