“Uyda yolg‘iz” komediyasining davomi suratga olinadi
Fox va Disney kinostudiyalari mashhur “Uyda yolg‘iz” komediyasining davomini suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Splash Report nashri xabar berdi.
Hozirda prodyuserlar yangi komediyaga rejissyor qidirishmoqda. U filmning ilk 2 qismini suratga olgan Kris Kolambus o‘rniga keladi. Ssenariyni “Shanba kechki vaqt jonli efirda” shousi orqali ma’lum bo‘lgan Mikki Dey yozmoqda.
Bundan tashqari, yangi filmda Uill Farrell va Melissa MakKarti suratga tushishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, film remeyk bo‘lmay, kinofranshizaning davomi bo‘ladi.