QIZIQARLI VOQEA
Samarqanddan Navoiga yo’lga chiqarkanman, haydovchini ikki
daqiqaga so`roqqa tutaman:
1. Yo’lda chekmaysizmi?
2. Avtomiligingiz benzinda yuradimi?
3. Yukxonayizda Xitoy tovariz yo’qmi?
4 - savol yangi qo’shildi: Ishqilib, Ummonni diskini
qo’ymaysizmi?
Ko’pincha, 4-savol mavhum qolardi. To’rtta passajirdan kamida
ikkitasi "Ummondan bo’lsin” deydi. Majbur bo’lasiz. 2,5 soatlik konsert
boshlanadi. Qulog’ingizni mahkam yopib olsangiz-da, kimningdir "Yashavor,
Ummon”idan uyg’onib ketasiz. Eshitaverib bezor bo’lib ketgan kuylaringizdan
mast bo’lib, manzildagi bekatda mashinadan tushib qolasiz. Qutuldima, deya
avtobusga chiqqaningiz zamon, "Uch kun qiynaydi xijron” boshlanadi…