Bundan 3-4 kun avval kechki soat 21:00 atrofida Ulug'bek Rahmatullaev boshqarib borayotgan avtomobil Toshkent shahri ko'chalarining birida avtohalokatga uchradi. Bu voqea sabab bo'lib, ko'plab bo'lar-bo'lmas mish-mish xabarlar tarqaganligi bois nohush holat haqida yozishga majbur bo'ldik. Aslida bu mavzuga to'xtalishni istamagan edik. Biroq, ko'plab maktublar sababli biz Ulug'bek Rahmatullaev bilan shu mavzu yuzasidan bog'lanishga qaror qildik. Voqea qanday sodir bo'lgani, nega bunday holat yuzaga kelgani haqida ikr-chikirigacha surishtirishdan ko'ra eng muhimi Ulug'bekning sog'lig'i bilan qiziqdik. Ulug'bek Rahmatullaev yetti muchchasi sog', hech bir yeri lat yemagan. Menimcha barchaga asosiysi shu bo'lsa kerak. Ulug'bek Rahmatullaevning muxlislari hech ham havotirlanmasinlar, Ulug'bek doimgidek ijod bilan band, shuningdek, ramazon oyi bo'lishiga qaramay ba'zi hizmatlarga ham borib kelmoqda. Aksincha Ulug'bekning dushmanlari bo'lsa agar, ular hursand bo'lmasalar ham bo'ladi. Biz esa o'z o'rnida sevimli ijodkorimizdan yangidan-yangi hitlarni kutib qolamiz!