Ism-sharifi:
Ulug`bek Nosirovich Qodirov;
Tug`ilgan
sanasi: 1983-yil, 3-avgust;
Tug`ilgan
joyi: Toshkent shahri;
Ma`lumoti: Oliy.
Toshkent davlat san`at institutini tamomlagan; Tamomlagan maktabi: Toshkent
shahridagi 34-maktab;
Xullas, u
haqida bilmoqchi bo`lsangiz, ichkariga tashrif buyuring...
Burji:
Arslon;
Sevimli
guli: Nilufar;
Yaxshi
ko`rgan mashinasi: «Mersedes» va «BMW»;
Yoqtirgan
taomi: Palov va rayhonli moshxo`rda;
Kiyinishi:
Zamonaviy;
Sevimli
rangi: Qora;
Kamchiligi:
Kamgap;
Hayotdagi
shiori: «Hamisha olg`a»;
Ish joyi:
O`zbek Milliy akademik drama teatri;
Ilk roli:
«Ayol zoti»da Bobur Yo`ldoshev bilan birga ijro etgan;
Ikkinchi va
katta roli: Murod Rajabovning «Akademiya» filmida;
Uni xalqqa
tanitgan roli: «Sarvinoz»dagi Odil obrazi;
Yoqtirgan
sport turi: Kurash. Bir paytlar yakkama-yakka kurashda oyog`ini sindirgan;
U uchun eng
muhimi: Ota-onasi, yaqinlarining salomatligi va sevimli kasbi;
Armoni:
Muhabbat;
Bo`sh
paytlarida: Detektiv janridagi kitoblar o`qiydi;
Tanqidga
munosabati: Ijobiy;
Ilk
ustozlari: Erkin Komilov, Turg`un Azizov, Murod Rajabov, Hamida Mahmudova;
Sahnaga ilk
marotaba: San`at institutining 2-kursida o`qiyotganda «Gamlet», «Qirol Lir» va
boshqa ommaviy sahnalarda ishtirok etgan;
Qo`rqadi:
E`tibordan qolishdan va hech kimga keraksiz bo`lib qolishdan;
Ijro
etishni xohlaydigan rollari: Shekspirning «Gamlet» asaridagi «Gamlet», «Romeo
va Julyetta» asaridan esa Romeo;
Hurmat
qiladigan klassik rejissori: Shuhrat Abbosov;
Yangi avlod
rejissorlaridan: Zulfiqor Musoqov, Rustam Sa`diyev, teatr rejissorlaridan
Valijon Umarov, shogirdi Jo`rabek Ro`zimetovlarning ijodini hurmat qiladi.
Katta
ekranga chiqqan kinolari: «Sarvinoz», «Baxt uchun million» - Odil, «Fotima va
Zuhra» - Shohruh, «Devona» - Shodivoy, «O`yin» - Jamshid, «Shabbona» - Bahrom,
«Jazo» - Jasur;
Birga
ishlagan rejissorlari: Bahrom Yoqubov, Said Muxtorov;
Ijro etgan
qo`shig`i: Yosh xonanda Shoira Azimova bilan «Kel, jonim» dueti;
Kinodagi
hamkorlari: Shahzoda, Sevinch Mo`minova, Jamila G`ofurova, Aida, Shodiya
To`xtayeva, Gulchehra Eshonqulova;
Oilada: 5
farzandning kenjasi. Islombek, Feruza, Aziza, Dilfuza va Ulug`bek;
Hozirda:
«Panoh» kinofilmida suratga tushyapti;
Agar
rejissor bo`lganida: Ko`cha hayoti haqida film suratga olardi;
Kino yoki
teatr: Ikkalasini ham birdek yaxshi ko`radi. Ammo teatr birinchi o`rinda;
Birga
suratga tushishni xohlaydi: Yodgor Sa`diyev, Yoqub Ahmedov, Furqat Fayziyev
kabi ustoz san`atkorlar bilan. Jahon yulduzlaridan esa Al–Pachino, Alen Delon
va Bred Pittlar bilan;
Hurmat
qiladigan insoni: Onajonisi;
Uning
gapirishini Tohir Sodiqovga o`xshatishadi;
U ko`proq
yurak izmiga bo`ysunadi. Chunki u his qiladi;
O`n yildan
keyin u o`zini Hollivudda ko`radi;
Uning uchun
pul: Hech narsa. Qo`lning kiri, bugun bor, ertaga yo`q;
2005-yil:
Uning uchun juda omadli va esda qolarli yil bo`lgan. Chunki u o`sha paytda
«Yilning eng yaxshi yosh aktyori» nominatsiyasiga sazovor bo`lgan;
Orzusi:
Hindistonning eng iste`dodli aktyori Shohruh Xondek mukofotlarni qo`lga
kiritganida ularni Shohruh Xon bilan birga «yuvish»;
U baxtni
oilasi, do`stlari yonida to`rt muchasi sog` holda bo`lish deb biladi. Aslida
yashash ham bu - baxt;
Baxtsizligi
esa yaqin kishilaridan judo bo`lish;
Bolaligida
uning xoli katta bo`lib ketishidan qo`rqishardi;
2004-yilda:
Otasi vafot etdi. Uning uchun bu og`ir judolik edi;
U haqida
tarqalgan mish-mish: Xonanda Shahzoda bilan turmush qurarmish;
Mashhur
bo`lish uchun juda ko`p ishlash kerak deb hisoblaydi;
Tan
oladigan xonandasi: Lola. Unga qoyil qoladi;
Uning
fikricha, aktyor teatrda «pishadi»;
U harbiy
maktabda tahsil olgan: Ammo o`qishni oxirigacha davom ettira olmagan. Sog`lig`i
pand bergan;
Aktyorlik
qismatim deb ayta olmaydi. Negaki, erkak kishiga qirq hunar ham oz;
Irimlarga ishonmaydi. Hammasi omadga bog`liq;
Qo`shig`ining matni va musiqasini Shahnoz yozib bergan.
Musiqiy sayqali esa Ravil Gimazutdinovga tegishli.
Uning fikricha: «Peshonaga nima bitilgan bo`lsa, hech kim
undan qochib qutula olmaydi»;
Kinodan tashqari dublyajda ham samarali ijod qilgan;
Rejissor Bahrom Yoqubov bilan birga ishlash yoqimli, deb
hisoblaydi. Chunki u aktyordan nima talab qilayotganini sodda va aniq
tushuntirib bera oladi;
Farrux
Soipov u uchun raqobatdosh emas, kasbdosh;