Cho‘chqalar yangi yil bayramida polshalik fermerni yeb qo‘yishdi. Bu haqda The Sun nashri yozmoqda.
71 yoshli fermerning qo‘shnisi uni ko‘rgani pensionerning hovlisiga keladi. U yerdan esa odam qoldiqlarini topib oladi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, vengriyalik "Mangalisa" zotli katta cho‘chqalarni boqqan dehqon quduqdan suv olayotganida infarktga uchragan. Hovli bo‘ylab erkin yugurib yurgan 12 ta och hayvon uni yeb qo‘yishgan.
"Biz aniq sanani bilmaymiz, ammo marhum 31 dekabrdan 8 yanvargacha bo‘lgan sanalar oralig‘ida cho‘chqalar tomonidan yeyilgan", deya tushuntirdi tuman prokurori Magdalena Serafin.
Mahalliy tergovchilar ilgari bunday holatlarga duch kelmaganliklarini ta’kidlashgan. Tekshiruv o‘limning aniq sabablarini aniqlashga ekpertiza yordam beradi. Hayvonlarni himoya qiluvchi tashkilotlar qotil-cho‘chqalar borligiga ishonishmayapti.