Ufalik nafaqaxo‘r o‘z nabirasiga 28 marta pichoq sanchdi
Bobosining spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi natijasida 6 yoshli bolakay o‘lim to‘shagida yotibdi.
62 yoshli Ufa fuqarosi spirtli ichimlikni iste’mol qilishi natijasida qabih ishga qo‘l urdi. 6 yoshli nabirasiga salkam 30 marta pichoq sanchgan jinoyatchi qo‘lga olingan va jinoiy javobgarlikka tortilgan. Uning nima uchun bu ishni sodir qilgani borasida hech qanday taxmin yo‘q, biroq nima bo‘lganida ham amalga oshirilgan jinoyatni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Fuqaro jinoiy javobgarlikka tortilishi barobarida, sud-ruhiy ekspertizasidan o‘tkaziladi. Garchi 6 yoshli bolakayning ahvoli og‘ir bo‘lsada, uning yashab ketishiga umid bor, deya xabar beradi "RIA Novosti" nashri.
Umida Yakubova