Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Uch yashar nabirasini tiriklayin ko‘mgan ayol sud qilinyapti


Tojikistonning Xatlon viloyati sudida Jami tumanida yashovchi 58 yoshli Xojaroy Ashurovaga nisbatan ochilgan jinoiy ish ko‘rib chiqilyapti. Ayol joriy yil sentabr oyida uch yoshli nabirasini tiriklayin ko‘mib yuborishda ayblanyapti. Buning sababi noma’lum – ayol sukut saqlayapti.

Ayol Tojikiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan ayblanyapti. Agar sud uni aybdor deb topsa, Xojaroy Ashurova 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Mazkur shov-shuvli ish bo‘yicha hukm keyingi hafta o‘qib eshittiriladi.

Kelasi sud majlisida davlat ayblovchisi va sudlanuvchi advokati tinglanadi, so‘ng sudlanuvchiga so‘nggi so‘z aytish imkoniyati beriladi.

Mazkur ish bo‘yicha tergov davomida Jami tumani Iftixor qishloq jamoatida yashovchi 58 yoshli Xojaroy Ashurova 12 sentabr kuni nabirasini tiriklayin ko‘mib yuborgani aniqlangan. Bolaning jasadi olti kun o‘tib topilgan.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6966 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayol, tiriklayin, nabira, sud qilinyapti, Uch yashar, ko‘mgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное