Uchtepalik yigit qarz berishni istamagan do‘stini urib o‘ldirib qo‘ydi
Ramil Aslanov ismli fuqaro qarz berishni istamagan do‘stini urib o‘ldirib qo‘ydi. “Ogoh” nashrida yozilishicha, voqea Toshkent shahrining Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan.
Aytilishicha, Aslanov Sergey Xan ismli shaxs bilan yaqin do‘st bo‘lgan. Lekin Aslanovning nuqul qarz so‘rashi Xanga yoqmagan, negaki Aslanov olgan pulini qaytarishi mushkul edi. Bir kuni u do‘stiga “ichsang ham, cheksang ham, o‘z pulingga sotib ol”, deb dakki bergan va qarz havola qilishdan bosh tortgan.
Bundan jahli chiqqan Aslanov kunlardan bir kuni Dilshod ismli tanishi bilan gaplashib o‘tirganida kelib qolgan Xan bilan so‘rashishni istamagan. Ikki do‘st dahanaki jangga kirishib ketgan.
Aslanovning g‘azabi qo‘zib, Xanga tashlangan va uni kaltaklay boshlagan. Esankirab qolgan Xan yerga yiqilganidan so‘ng ham sobiq do‘st uni tepkilagan.
Xan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Arzimagan sabab tufayli do‘stini o‘ldirib qo‘ygan Sergey Aslanov uzoq yillarga qamalib ketdi.